Huawei 1
Chendu shahrida Markaziy Osiyo va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashuvining 5-davrasi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 1-dekabr kuni Chendu shahrida Markaziy Osiyo va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashuvining 5-davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o'z rasmiy sahifasida ma'lum qildi. 

"Chendu shahrida hamkasblarimiz bilan Markaziy Osiyo va Xitoy vazirlar yig‘ilishining 5-davrasini o‘tkazdik. Butun dunyoda kuchayib borayotgan chaqiriqlarga qaramay, biz mintaqada o‘sish, birdamlik va ishonchning kuchli va barqaror tendensiyalarini ko‘rmoqdamiz. Markaziy Osiyo va Xitoy aniq loyihalar orqali mavjud aloqalarni mustahkamlash va hamkorlik ufqlarini kengaytirishga intilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlarimiz xalqlari farovonligini yuksaltirish, uzoq muddatli istiqbolni ta’minlashdan iborat. Bugun ushbu formatdagi birinchi sammitda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlikni muhokama qildik. Uchrashuvimiz davomida iqtisodiy hamkorlik, tinchlik va barqarorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, xalq diplomatiyasi va boshqa ko‘plab dolzarb mavzularga ham to‘xtaldik", - deya qayd etgan vazir. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120212 | Инструменты