Metropolitenning harakat tarkibini yangilash maqsadida kelasi 2 yilda 28 ta 5 vagonli poyezd olib kelinadi

Bugungi kunda poytaxtdagi yo‘lovchilarning 46 foizi metropoliten hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Metrodan kunlik foydalanish 25% ga o‘sgan bo‘lib, yil yakuniga qadar yo‘lovchilarning soni kuniga 1,3 mlnga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Prezidentning transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma'lum qilindi. 

Shu bilan birga, bekatlarda tirbandlik va poyezdlarga chiqishda navbatlar kuzatilayotgani qayd etildi. Metropolitenning harakat tarkibini yangilash davom ettirilib, keyingi ikki yilda 28 ta besh vagonli poyezd olib kelinadi. Shuningdek, hozirda foydalanilayotgan 40 ta to‘rt vagonli poyezd besh vagonli tizimga o‘tkaziladi.

So‘nggi 3 yilda tadbirkorlar tomonidan 3,5 mingdan ziyod zamonaviy avtobus olib kelindi, 330 ta yo‘nalish yangi tizimga o‘tkazildi. Natijada kunlik yo‘lovchilar oqimi poytaxtda 2 barobar, hududlarda 2,5 barobar oshdi. 

Endilikda poytaxtni aglomeratsiya hududlari bilan bog‘lovchi, uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan barcha avtobus yo‘nalishlari to‘liq “brutto” tizimiga o‘tkaziladi. Kamida 100 ta avtobusga mo‘ljallangan avtobus saroyini quradigan tadbirkorlarning qurilish xarajatlari soliq bazasidan chegirib beriladi. 

Mutasaddilarga 1 oyda olis hududlarni shaharlar bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarida tadbirkorlar uchun jozibador bo‘lgan, “brutto” tizimiga o‘xshash yangi moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish topshirildi.

Mavzuga doir:

Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro va Taxtaqoracha dovonidagi yo‘llarda $1,8 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi;

Jahon banki, OTB va boshqa xalqaro banklar bilan Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi yirik trassalar ta’mirlanadi;

Prezident: Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yo‘l kerak!;

Prezident Jahon banki bilan birgalikda temir yo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

2030-yilgacha 545 km temir yo‘l liniyalari quriladi, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushi 65% ga, elektropoyezdlar parki 31 taga yetkaziladi;

O'zbekistondan Kaspiy, Qora dengiz, Sharqiy Xitoy dengizi va Boltiqbo‘yi davlatlari portlarigacha blok-poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O'zbekistonda $5 mlrdlik “Aerocity” barpo etiladi;

Xalqaro aeroportlar 2030-yilgacha mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты