Huawei 1
Dilmurod Rahmatullayev Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

17-avgust kuni Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni imzolagan.

Maʼlumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev taʼlim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq taʼlimi boshqarmasini boshqargan. 2016-2019-yillarda esa Andijon shahri hokimi vazifasida ishlagan. 

Rahmatullayev 2017-yilda o‘qituvchilarni haqorat qilgani audiosi bilan eʼtiborga tushgandi. 2019 yilda u ahloqsiz tasviri ortidan ishdan olingandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты