Huawei 1
Germaniya kansleri Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols 16-sentyabr kuni Samarqanddagi Xalqaro turizm akademiyasiga tashrif buyurdi.

2023-yilda Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida ochilgan akademiya turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha yuqori malakali va talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash markazi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘quv muassasasi bitiruvchilariga BMT Turizm tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan e’tirof etiladigan diplomlar beriladi.

Oliy martabali mehmon akademiyada yaratilgan sharoitlar hamda O‘zbekistonda zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты