Huawei 1
Germaniya Kanslerini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91823 | Инструменты