Bugun, 4 mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgani haqida avval xabar qilingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30419 | Инструменты