Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Xidoyatov ma'lum qildi.
Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Gruziya delegatsiyasiga majmuaning meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Majmua Gruziya delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30420 | Инструменты