Huawei 1
Dilmurod Qosimov Bosh prokuror o'rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Dilmurod Qosimov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Dilmurod Qosimov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes ombudsman) lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. Xususan, 2017 yilgacha Dilmurod Qosimov Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Bundan avval 2017-yil sentyabrdan buyon Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Uning o‘rnini shu paytga qadar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Aziz Toshpo‘latov egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30422 | Инструменты