Huawei 1
Har yili Rossiya va O‘zbekistonda Kino kunlari almashinuvi o‘tkaziladi

29-may kuni O‘zbekistonda “Rossiya madaniyat kunlari” doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning  Madaniyatbo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etib, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, sheriklik, o‘zaro ishonch, bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli hamkorlik ruhida ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida madaniy sohadagi almashinuv va hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

 1. Kichik komissiyaning to‘rtinchi majlisi bayonnomasi qarorlarining bajarilish holati; (2024-yil 18-noyabrda Rossiyada Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tgan edi)

Unda, tomonlar sahna san’ati, teatr, kinematografiya, muzey ishi, moddiy va nomoddiy madaniy meros sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

2.  Sahna san’atida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida;

Tomonlar Madaniyat kunlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, tadbirlarni o‘tkazishning yangi formatlarini birgalikda ishlab chiqish va Madaniyat kunlarining ijtimoiy ahamiyatini tizimli ravishda oshirish haqida kelishib olindi. Tomonlar O‘zbekistonda tashkil etilayotgan turli xalqaro festivallarda, shuningdek, Rossiyada o‘tkaziladigan turli festivallarda vakillarning faol ishtirok etishini ma’qulladilar, shuningdek, sahna san’ati sohasidagi hamkorlikni tizimli ravishda qayta tiklash muhimligini ta’kidladilar. Tomonlar o‘z mamlakatlarida, ham Rossiyada, ham O‘zbekistonda tashkil etilayotgan yirik xalqaro madaniy forumlar, festivallar va san’at tanlovlari to‘g‘risida bir-birlarini tezkorlik bilan xabardor qilishga kelishib oldilar.

 3. Ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

Tomonlar ijodiy ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zbekistonlik kadrlarni jalb qilish va ularning malakasini oshirish, o‘qitishni davom ettirish, shuningdek, federal byudjet mablag‘lari hisobidan Rossiya ta’limi va malaka oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhimligini qayd etdilar.

Shuningdek, tomonlar ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, ta’lim sohasida kadrlar almashinuvini, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini kuchaytirish, mahorat darslari, ma’ruzalar, seminarlar va boshqa ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

4. Kinematografiya, jumladan, qo‘shma filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;

Bunda, tomonlar har yili Rossiya va O‘zbekistonda Kino kunlari almashinuvini o‘tkazish, kinofilmlar namoyishini tashkil etish va yetakchi kinoijodkorlarning ikki mamlakatning yirik kinofestivallarida ishtirok etishini ta’minlash, kinematografiya sohasidagi hamkorlikni, jumladan, kino sanoati mutaxassislari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish orqali hamkorlikda kino ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro tajribani birgalikda o‘rganish muhimligini ta’kidladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61511 | Инструменты