Huawei 1
Ivonn Iguero: "Eco Expo" — Markaziy Osiyo tabiatini muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish platformasi

Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) Bosh kotibi Ivonn Iguero mintaqada “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasini o‘tkazishning ahamiyati haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo jiddiy ekologik muammolarga, jumladan, bioxilma-xillikning yoʻqolishidek global inqirozga uchramoqda — bu butun dunyo mamlakatlari duch kelayotgan muammo.

I.Iguero Markaziy Osiyoda bunday ko‘rgazmani o‘tkazish alohida ahamiyatga ega ekanligi, chunki bu mintaqaning noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish yo‘llarini izlash imkonini berishini ta’kidladi.

"Bu faqatgina O'zbekistonga emas, butun mintaqaga daxldor muammo. Faqat sa'y-harakatlarni birlashtirgan holda 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lida harakat qilishimiz mumkin", — dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62016 | Инструменты