12-mart kuni Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
TIV ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov rahbarlik qildi.
Delegatsiyalar rahbarlari 2025-yil may oyida Budapeshtda bo'lib o'tadigan TDT norasmiy sammitining barcha tashkiliy-protokol masalalarini va mazmunini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, tadbir davomida tomonlar konstruktiv ruhda Turkiy hamkorlik tashkilotlarining 2025-yilga mo'ljallangan harakatlar rejasi loyihasini ko'rib chiqdilar va tasdiqladilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты