Huawei 1
Mehnat migratsiyasi sohasidagi loyihalarda YXHT ishtirok etmoqda

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar uchun insonparvarlik yordam sifatida gigiyenik va birlamchi zaruriy vositalar taqdim etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko'ra, insonparvarlik yordamini topshirish marosimida YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati ishtirok etdi.

Ta'kidlash joiz, “O'zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirishga ko'maklashish” loyihasi doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qayta tayyorlash markazi YXHT bilan hamkorlikda Konsultativ markaz jihozlangan edi.

Shuningdek, xorijda ishlab kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlikka o'qitish, ichki mehnat bozoriga reintegratsiya qilish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslar tashkil etilgan hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish imkonini beruvchi consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110811 | Инструменты