Huawei 1
Mo‘g‘uliston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Aziz do‘stim, muhtaram Prezident janoblari!

"Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sizning uzoqni ko‘zlagan va dono rahbarligingiz tufayli O‘zbekiston Respublikasi taraqqiy etayotgani, mamlakatingizning mintaqadagi va xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlamoqchiman.

Men rafiqam bilan birga Sizning go‘zal mamlakatingizga – ulug‘vor tog‘lar va zilol suvli daryolar yurtiga davlat tashrifini amalga oshirganimdan, Siz Prezident Janobi Oliylari va Ziroatxon Mirziyoyeva Janobi Oliyalari bilan samimiy muloqotdan g‘oyat mamnunman, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy, anʼanaviy va do‘stona munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.

Muhtaram Prezident janoblari, Siz va rafiqangizni boy tariximiz, betakror madaniyatimiz va ko‘chmanchi xalqimiz beshigi bo‘lgan go‘zal yurtimizga o‘zingizga qulay vaqtda davlat tashrifi bilan kelishga yana bir bor taklif etishdan g‘oyat mamnunman.

Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik mustahkamlanib, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik doimo rivojlanib borsin.

Sizga va baxtiyor oilangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, O‘zbekiston xalqiga esa ravnaq tilayman", - deyiladi tabrikda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101811 | Инструменты