Huawei 1
Toshkent viloyatida 4 yoshli bolani it tishlab tashladi

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 16-oktyabr kuni soat 07:00 atrofida Toshkent tumanida sodir bo‘lgan

Bolaning otasi bu holatni quyidagicha izohladi:

"O‘zim ishda bʼlganligim uchun ayolim qizim va o‘g‘limni maktab, bog‘chaga olib ketayotgan edi. O‘sha vaqtda begona it tashlanib qolib, yetarlicha jarohatlar yetkazgan. "Tez yetib keling 5-shifoxonaga ketyapmiz, bolani kuchuk tishlab tashladi", degan-da, to‘g‘risi hissiyotni so‘zda tasvirlab bo‘lmaydi. Men bunday daydi itlarini kamayishini xohlardim". 

Bola hozir shifoxonada bo‘lib, jiddiy muolajalar olmoqda.

"Bola nomaʼlum it tomonidan tishlangan. Bo‘yin sohasi, ko‘krak qafasi sohasi va o‘ng qo‘l to‘rtinchi barmog‘ini tishlagan va ko‘p jarohatlar yetkazgan. Quturishga qarshi vaksinalar qilindi. Veterinar ko‘rigi bo‘yicha it nazoratga olingan, 10 kun davomida kuzatilib, sog‘ligi bo‘yicha bizga maʼlumot berishadi. Ungacha bola bizning shifoxonada yotib, quturishga qarshi davo muolajalarini oladi",- deydi shifokor.

Taʼkidlanishisha, it 10 kun saqlanadi va egasi bo‘lmasa, pitomnikka topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты