Huawei 1
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi

Shimoliy Koreya Kim Ir Sen tug‘ilgan sana asosida yuritib kelingan chuchxe kalendaridan foydalanishni to‘xtatdi. Bunga Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi e’tibor qaratdi.

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 10 oktyabrdagi rasmiy chiqishiga oid xabarda hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining 11 oktyabrdagi bayonotida 113-chuchxe yili deb ko‘rsatilgan. Ammo Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning 12 oktyabrdagi murojaatida chuchxe kalendari qayd etilmay, 2024 yil deya ko‘rsatilgan.

KXDRning asosiy gazetasi «Nodon Sinmun»ning bosma versiyasida ham sana 13 oktyabrdan boshlab chuchxe taqvimini ko‘rsatish to‘xtatilgan.

Janubiy Koreya Birlashish vazirligi rasmiysining Yonhap agentligiga ma’lum qilishicha, chuchxe kalendaridan foydalanishni to‘xtatish Kim Chen Inning otasi va bobosi merosidan mustaqil ravishda o‘z shaxsiga sig‘inishni yaratish harakatlarining bir qismidir.

Chuchxe kalendarida birinchi yil deya 1912 yil — KXDR asoschisi tug‘ilgan rasmiy sana keltirilgan. Chuchxe kalendaridagi oy va sanalar butun dunyoda amalda bo‘lgan kalendardan farq qilmagan. Shimoliy Koreyada sanalarni yozishda odatda yil chuchxe hisobi bo‘yicha ko‘rsatiladi, uning ortidan esa qavs ichida Grigoryan kalendari bo‘yicha yil keltiriladi. Masalan, KXDRda 2024 yil 17 oktyabr quyidagicha yoziladi: 17 oktyabr 113-chuchxe yili (2024).

Chuchxe taqvimi 1997 yilda, Kim Ir Senning o‘limidan uch yil o‘tib qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты