Huawei 1
ILMA Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasini 45 mln so‘m jarimaga tortdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Euroasia Insurance” sug‘urta kompaniyasiga nisbatan jazo choralarini qo‘lladi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 45 mln so‘m miqdorida jarima solindi.

Bundan tashqari, agentlik “Euroasia Insurance” kompaniyasiga berilgan sug‘urta litsenziyasining amal qilishini 10 kunga to‘xtatdi.

Kompaniya litsenziyasini to‘xtatish haqidagi qaror 17-oktabrdan kuchga kirdi, deya ta’kidladi agentlik.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qayd etishicha, litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

Shuningdek, kompaniya ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты