Huawei 1
Isroil HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilishidan oldingi kadrni e'lon qildi

Isroil armiyasi HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilishidan bir necha daqiqa oldin suratga olingan kadrni namoyish qildi. Kadrlar G‘azo sektorining janubidagi binoda drondan olingan.

Videoda dron yarim vayronaga aylangan uyga kirgani, uning ichida yuzi va boshi mato bilan qoplangan, qo‘li ham yaralangan erkak o‘tirganini ko‘rish mumkin.

HAMAS yetakchisi deb taxmin qilinayotgan erkak bir qo‘li bilan tayoqni ushlab, uni dronga uloqtirgan. Ammo nishonga tegmagan. Dronning suratga olish jarayoni shu joyida tugagan.

Yahyo Sinvar G‘azo sektorida tug‘ilgan va HAMASning jangchilari qanoti asoschilaridan biri. U 22 yildan ortiq vaqtini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan va 2011-yilda falastinlik asirlarni garovga olingan isroillik askarlarga almashish bo‘yicha kelishuv doirasida ozod etilgandi.

17-oktyabrda Isroil armiyasi Sinvarning o‘ldirilgani haqida e’lon qildi, u snayper tomonidan otib o‘ldirilgan. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS rahbari o‘limini dastlabki DNK ekspertizasi bilan tasdiqlangan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu barcha garovga olinganlar anklavdan qaytarilmaguncha armiya G‘azo sektorida qolishini aytgan. Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023-yil 7-oktyabrdan beri davom etmoqda, shu vaqtdan beri Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda 42 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты