Uni Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Mazkur davlat SHHT huzurida kuzatuvchi maqomiga ega. Sammitda SHHT faoliyatini takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar hamkorligi hamda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa mavzulardagi masalalar muhokama qilinadi.
Eslatib o'tamiz, kecha Shavkat Mirziyoyev Samarqandga borganligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51520 | Инструменты