Huawei 1
Moses Kavaaluuko Kizige Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi Moses Kavaaluuko Kizige Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.  

Vazir O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlashini bildirdi.  

“Ugandaning 2027—2029-yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni  ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan o‘rin oldi”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты