Navro‘z Berdiyev Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i v. v. b. etib tayinlandi.
Navro‘z Berdiyev 1972-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar "Sho‘rtan yashil makon" MCHJ direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30414 | Инструменты