Huawei 1
“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov  Toshkent shahriga hokim etib tayinlandi

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar 2018-yil iyunidan beri “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shavkat Umurzoqov 1979-yilda tug‘ilgan. 2011-yilning iyun oyidan 2013-yilning sentabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2013-2018-yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 16-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olingan edi.

Shu kundan boshlab Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82405 | Инструменты