Huawei 1
O‘zbekiston BAA elchisi qarorgohiga qilingan hujumga munosabat bildirdi

Avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklarining Xartumdagi elchisi qarorgohiga Sudan armiyasi tomonidan hujum uyushtirilgani xabar qilingan edi. Bunday hujum qabul qilib bo‘lmas holat. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuoti kotibi Ahror Burxonov OAV savoliga javoban ma’lum qildi.

“Diplomatik vakolatxonalar a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb yozadi Burxanov o‘z Telegram-kanalida.

Bunda tashqari, u diplomatik vakolatxonalar binolarining daxlsizligini saqlash va diplomatik faoliyatni tartibga soluvchi qoidalarga qat’iy rioya qilish muhim ekanligini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, BAA Tashqi ishlar vazirligi 30 sentyabr kuni Sudan harbiy-havo kuchlari samolyoti BAA elchisi qarorgohiga hujum uyushtirgani haqida xabar bergan va hujumni qoralab, binoga jiddiy zarar yetkazilganini ma’lum qilgan. Sudan armiyasi bu ayblovlarni rad etib, diplomatik missiyalar qarorgohiga hech qanday zarba berilmaganini bildirgan va faqat “Tezkor harakat kuchlari” bo‘lgan hududlarga hujum qilinayotganini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100322 | Инструменты