Huawei 1
3-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Uzbekistan Airways vaqtincha Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways Iroq havo hududi va Eron havo hududining g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda, aniq ko‘rsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi

Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida ishtirok etdi

"80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi", deb yozdi u.

Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida Issiqko‘l viloyatida joylashgan kurort va dam olish maskanlari to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mol go‘shti narxi 2024-yil avgust-sentabr oylarida sezilarli darajada oshgan.

Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib tayinlandi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib tayinlandi.

Buxoroda Lacetti urib yuborgan ikki piyodadan biri vafot etdi

Ikkinchi piyoda hozirgi kunda kasalxonada davolanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, haydovchi qamoqqa olingan.

Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi

"Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya qilish loyihasini muhokama qildik", - deya yozgan Saida Mirziyoyeva.

Seulda O‘zbekiston-Koreya turizm forumi bo‘lib o‘tdi

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati va madaniy merosini targ‘ib qilish, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan poyezd sotib oladi

O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan ikkita poyezd sotib olish niyatida. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi.

Toshkent viloyatidagi ko‘prikning qulash sababi aniqlandi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi holat yuzasidan o‘rganish ishlari natijasini e’lon qildi.

Toshkentda 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zo‘rladi

Holat yuzasidan erkakka nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jahongir Otajonov o‘z avtomobilida 195 km/soat tezlikda harakatlandi

Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov Zeekr avtomobilida soatiga 195 km tezlikda harakatlandi. YHXX holat yuzasidan tegishli chora ko‘rilishini maʼlum qildi.

Yunon-rum kurashi: Milliy terma jamoa bosh murabbiyi o‘zgardi

Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.

Isroildagi o‘zbekistonliklarni himoya qilish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda? TIV vakili javob berdi

"O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vatandoshlarimiz bilan aloqani mustahkamlab, kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda", deyiladi xabarda.

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirdi

Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelishi 2024-yilning yanvar—avgust oylarida 2023-yilga nisbatan 30 foizga oshdi.

O‘zbekistonda turizmning yangi turlari joriy qilinadi

Shuningdek, Mudofaa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi Qibray sport majmuasi bazasida “Stendli otish” va o‘qotar qurollardan otish pulli asosda yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiyo‘ldagi xonadonda saqlab kelingan kobralar ochiqqa qo‘yib yuborildi

Aniqlanishicha, fuqaro o‘zi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq "Osiyo kobra" ilonlarini tegishli ruxsatnomalarsiz saqlab kelgan. Nomaʼlum sabablarga ko‘ra, u xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qo‘yib yuborgan.

Toshkentda 4 yoshli qizni zo‘rlagan shaxs 3 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma'lum bo'ldi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Raqobat qo‘mitasi ko‘p qavatli uy-joylar qurib sotuvchi tadbirkorlarni ogohlantiradi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan davrida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va xaridlari bo‘yicha 450 ga yaqin murojaat kelib tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100320 | Инструменты