Huawei 1
Pensiya jamg‘armasi oktyabrdan pensiyalar oshishi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi

Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda "oktyabr oyidan pensiyalar oshishi" haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 avgustdagi Farmoniga muvofiq joriy yilning 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar miqdori 15 foizga oshirildi.

Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi tomonidan sentyabr oyidan boshlab pensionerlarga pensiya mablag‘lari oshirilgan miqdorlarda to‘lanib kelinmoqda.

"Yuqoridagilardan kelib chiqib, "oktyabr oyidan pensiyalar oshirildi" kabi xabarlar yolg‘on va asossiz bo‘lib, fuqarolardan turli yolg‘on va norasmiy xabarlarga ishonib qolmasliklarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты