Huawei 1
O‘zbekiston TIV Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda

Avvalroq, Tailand-Kambodja chegarasida to'qnashuvlar, Tailand F-16 qiruvchi samolyotlari Kambodja harbiy nishonlariga qarshi joylashtirilgani haqida xabar bergan edik

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatyotganini bildirdi

"Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz.

Mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror bo‘lib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.

Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslikni va rasmiy xabarlarni kuzatib borishni so‘raymiz.

Favqulodda vaziyatlarda Bangkokdagi Bosh konsulxonamizga (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Vazirlik vatandoshlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etadi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72616 | Инструменты