Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar oyida xorijga qiymati 1,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 384 tonna yeryong‘oq eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:
Pokiston – 496,9 tonna;
Qozog‘iston – 343,1 tonna;
Rossiya – 145,4 tonna;
Afg‘oniston – 74,7 tonna;
Xitoy – 60 tonna;
Boshqa mamlakatlar – 263,8 tonna.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston yanvar oyida xorijga 620,3 ming dollarga teng bo‘lgan 405,1 tonna anor eksport qilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты