Huawei 1
O‘zbekiston Osiyo suv kengashiga a’zo bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Kamboja poytaxti Pnompen shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo suv kengashi direktorlar kengashining 22-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilish doirasida seminar hamda Janubiy Koreya yetakchi kompaniyalarining suvdan foydalanish sohasida ilg‘or texnologiyalari va innovatsion yechimlarni namoyish etuvchi ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Osiyo suv kengashi direktorlar kengashining 22-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi uchun ariza topshirdi. Yig‘ilish ishtirokchilari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdi.

Pnompenga tashrif chog‘ida O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziri qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Osiyo Suv kengashi Prezidenti, K-water korporatsiyasi bosh direktori Yun Sok De bilan muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30320 | Инструменты