2024-yil 16-sentabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev hamda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muhim xomashyo sohasida (CRM) o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
2023-yil sentabrda Nyu-York shahrida yuqori darajada boʻlib oʻtgan sammitda davlatlar rahbarlari foydali qazilmalar boʻyicha muloqotni boshlash niyatida ekanliklari haqida eʼlon qildilar. Mazkur memorandum Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekistonning o‘sha sa’y-harakatlarni ilgari surish, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi dastlabki odimlaridan biri bo‘ldi.
Kelishuvdan koʻzlangan maqsad mamlakatlar oʻrtasida muhim xomashyo sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, boshqa yoʻnalishlardagi aloqalarni ham rivojlantirishdan iborat.
Ushbu hujjat muhim xomashyo sohasida AQSh – Oʻzbekiston muloqotining davom etishiga, geologiya qidiruv, qazib olish va yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты