Huawei 1
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarning bir qismini yakunladi

Joriy hafta Bryusselda O‘zbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha samarali ikki tomonlama muzokaralar olib bordi.

Bu haqda Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov maʼlum qildi.

«Xizmatlar bo‘yicha muzokaralar yakunlanganini eʼlon qilishdan mamnunman.

Kelgusi oylarda tugatishni ko‘zlagan holda, bizda hali tovar qismi bo‘yicha qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor», – deydi O‘runov.

A.O‘runov, shuningdek, DG Trade (Yevrokomissiyaning savdo bo‘yicha Bosh direktorati) rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida kelasi yili MC14 tomonidan O‘zbekistonni JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha YEI tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanganini maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32023 | Инструменты