Bugun O‘zbekistonning shaxmat olimpiadasidagi g‘alabasi sharafiga Yangi O'zbekiston bog'ida dron shou qo'yiladi

Bugun, 2-oktabr kuni, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy g‘alabasi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida dron-shou qo'yiladi. Shahar hokimligi ushbu namoyishga barchani taklif qilmoqda.

Poytaxt osmonida namoyish etiladigan yorqin dron-shou barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi. Unga kirish bepul, tomosha soat 20:00 da boshlanadi.

Tadbir davomida yo‘l harakati cheklanmaydi, transport vositalari odatdagi tartibda harakatlanadi.

Eslatish joiz, O‘zbekiston — 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo'ldi. Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashib, ularga davlat mukofotlari va prezident sovg'alarini topshirdi. 

Shuningdek, FIDEning yangilangan reytingida O'zbekiston dunyoning eng kuchli 5 ta shaxmat davlati qatoriga kirdi. Javohir Sindarov esa FIDE tomonidanyilning eng yaxshi erkak shaxmatchisinominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100314 | Инструменты