O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8 oyda $57,4 mlrdga yetdi

2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ma'lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etdi.  Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan $4 mlrdga yoki 7,6% ga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $22,9 mlrdni (–3,4 %), import esa $34,5 mlrd (+16,3 %)ga teng bo'ldi. Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti $11,5 mlrdni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga o‘sdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (23%), Rossiya Federatsiyasi (16%), Qozog‘iston (6,5%), Turkiya (3,4%) va Afg‘oniston (2,5%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100212 | Инструменты