Huawei 1
Ozarbayjonda 325 nafar O‘zbekiston fuqarosi ovoz beradi

Bugun mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga saylov nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham muhim voqeadir. Xususan, Ozarbayjonda parlament saylovida ishtirok etishga tayyor 325 nafar O‘zbekiston fuqarosi ro‘yxatdan o‘tgan. Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bokuda elchimiz Bahrom Ashrafxonov boshchiligida saylov komissiyasi ishlamoqda. Shuningdek, ushbu mamlakat deputatlari ham saylovni kuzatib boryapti.

Ozarbayjon Matbuot kengashi a’zosi Gadjibey Geydarli o‘zbek xalqiga o‘z yurti barqarorligi va taraqqiyoti yo‘lida ongli tanlov qilish imkonini beruvchi saylov demokratik, shaffof ruhda o‘tishiga ishonch bildirdi.

Do‘st va qardosh davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda. Bunda xalqaro tadbirlar, rasmiy tashriflarda muntazam uchrashib turadigan Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning yaqin munosabati muhim rol o‘ynamoqda.

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan 160 dan ziyod hujjat, jumladan Strategik sheriklikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya uzoq muddatli munosabatlar bugungi voqelikka mos ravishda rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratgan. Bu jarayon nafaqat ikki mamlakat, balki butun turk olami rivojiga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты