Huawei 1
Kilian Mbappe “Barselona”ga qarshi o‘yinda antirekord qayd etdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turida “Real” “Barselona”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Madridliklar forvardi Kilian Mbappe uchrashuv davomida 8 marta o‘yindan tashqari holatga tushdi. Shu tariqa fransuz top-5 ligalar ichida 6 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan antirekordni yangiladi. So‘nggi bor 2018-yil noyabr oyida Karim Benzema (“Real”) “Eybar”ga qarshi o‘yinda 7 marta ofsaydga tushgan edi.

Undan tashqari Mbappe o‘yindan tashqari holatga tushish bo‘yicha o‘z antirekordini ham o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian joriy mavsum La Ligada 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты