Huawei 1
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Moskvada bo'lib o'tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moskva shahrida bo'lib o'tgan MDHga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

"Bugun Moskva shahrida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig'ilishini o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ertangi MDH sammitiga yakuniy tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildik. Hamdo'stlikning barcha mamlakatlari bir-birini birlashtiruvchi mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladigan uzoq yillik tarixiy aloqalarga ega. Shunday bo'lsada, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlikni oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ko'rib turibmiz. Transport bog'liqligini mustahkamlash, savdo uchun eng qulay muhitni yaratish, dunyo bo'ylab kuchayib borayotgan mojarolarni hal qilish, tinchlik va farovonlik uchun kuchlarni birlashtirish hamda mintaqaviy va global miqyosdagi dolzarb masalalar e'tiborimiz markazida bo'ldi".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты