Huawei 1
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Vatikan Apostol nunsiyini qabul qildi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Vatikan Apostol Nunsiysi, arxiyepiskop Jovanni d’Anielloni qabul qildi. 

"Vatikanning O'zbekistondagi Apostol Nunsiysi, arxiyepiskop Jovanni d’Aniello janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining тelegram-kanalida. – Mamlakatimiz azaldan barcha millat va e’tiqod vakillari tinch-totuv va farovon sharoitda yelkama-yelka istiqomat qilayotgan konfessiyalararo hamjihatlik maskani bo'lib kelgan".

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 17-oktabrda oʻrnatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты