Huawei 1
O'zbekistonda kambag‘allik darajasi yil yakuni bilan 9 foizdan pasayadi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqoti bo'lib o'tmoqda.

Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani taʼkidlandi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasiga 38 milliard dollar investitsiya kirdi, eksport 26 milliard dollardan oshdi.

Ochiq muloqotda ko‘p tadbirkorlar o‘ziga ijtimoiy masʼuliyat olib, ehtiyojmand odamlarni ishli qilishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida tadbirkorlar 387 ming kambag‘al oila aʼzolari va 40 ming nogironligi bor odamlarni daromadli qildi.

Mamlakatimizda kambag‘allik darajasi yil yakuni bilan 9 foizdan pasayadi.

“Aminmanki, o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorligimizni shu surʼatda davom ettirsak, kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz. Shu o‘rinda, vaʼdasini ustidan chiqib, yangi quvvatlar hisobiga minglab ish o‘rni yaratayotgan, zamonaviy texnologiya olib kirib, yangi tashqi bozorlarni zabt etayotgan, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha tadbirkorlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman”, - dedi Prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122021 | Инструменты