Huawei 1
Prezident: Jamoamiz qo‘lga kiritgan medallarning 11 tasi aynan qizlarimiz hisobiga yozildi

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

“Ayni vaqtda yuksak matonatli qizlarimiz ham O‘zbekiston g‘alabasiga munosib hissa qo‘shganlari to‘g‘risida har qancha g‘urur va iftixor bilan gapirsak arziydi, albatta.

Jamoamiz qo‘lga kiritgan medallarning 11 tasi aynan qizlarimiz hisobiga yozilgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi”, - dedi davlat rahbari.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash, Nurxon Qurbonova esa nayza uloqtirish bo‘yicha Paralimpiya chempionlari bo‘lgani qatorida jahon miqyosidagi rekordlarni ham yangilaganiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

15 yashar Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalni qo‘lga kiritib, Paralimpiya o‘yinlaridagi eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirgani ham alohida taʼkidlandi.

Mohir sportchimiz Tolibboy Yo‘ldoshev ham biryo‘la ikkita marrani zabt etgani, ikki karra paralimpiya chempioni Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish bo‘yicha Osiyo rekordini yangilagani qayd etildi.

Prezident Qudratilloxon Maʼrufxo‘jayev, Elbek Sultonov, Asadbek Toshtemirov, Sherzod Namozov kabi o‘g‘lonlarimizni ham oltin medallar bilan yana bir bor chin yurakdan qutladi.

Po‘lat irodali qizimiz Ro‘za Qo‘ziyeva pauerlifting bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgani, aslida bu oltinga teng g‘alaba ekanini butun dunyo tan olgani taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты