Joriy yil 17-mart kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Tabiat resurslari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41913 | Инструменты