Bo‘stonliq tumanida “Chorvoq Darvozasi” turistik majmuasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy musiqa, raqslar va madaniy stendlar namoyish etildi. Ushbu tadbir prezidentning turizmni rivojlantirish, faol dam olishni qo‘llab-quvvatlash majmualarni boshqa hududlarda qurish bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida tashkil etildi.
Bo‘stonliqda so‘nggi besh yil ichida 2 trillion so‘mdan ortiq investitsiyalar kiritilib, 59 ta yirik turistik obyekt qurilgan. Yangi “Chorvoq Darvozasi” majmuasiga 25 gektar maydon ajratilgan, u 5 mingga yaqin mehmonni qabul qilishi mumkin. Majmuada 16 ta ko‘pqavatli uy, 3 ta mehmonxona, restoranlar, akvapark va musiqa fonari mavjud.
Tadbirda “Discovery Invest” kompaniyasi rahbari tomonidan majmuaning ramziy kaliti “NBU” banki boshqaruvi raisiga topshirildi. Bu loyiha moliyaviy hamkorlik va uzoq muddatli rivojlanishni aks etiradi. Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Milliy Banki va A reytingiga ega Discovery Invest kompaniyasi tomonidan ta’minlandi. Yangi turistik majmua ekologik barqarorlik va yashil iqtisodiyotga hissa qo‘shadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты