Huawei 1
Ravshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Ravshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Shu munosabat bilan Berdiyev Kabul ushbu lavozimdan ozod etildi.

General-mayor Ravshan Haydarov 2001-2002 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002 yilda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, 2002-2004 yillarda Sirdaryo viloyati hokimi bo‘lgan.

U 2016-2021 yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i sifatida ishlagan. 2021 yil fevral oyida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Qobul Berdiyev 2017-yilning sentabr oyi boshlarida mudofaa vaziri lavozimini tark etgandi. U 2018-yilning bahorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21122 | Инструменты