Huawei 1
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi

9−10-sentabr kunlari Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentga rasmiy tashrif bilan keladi, deya xabar qildi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishini o‘tkazadi. Bundan tashqari, poytaxtdagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish reja qilingan.

Rossiya hukumati saytida keltirilishicha, tashrif davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi yirik loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91707 | Инструменты