Saida Mirziyoyeva Qarshi shahrida suv ta’minoti va aholi uchun qulay muhit yaratish loyihalari bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv va oʻrganishlar davomida viloyat aholisi uchun dolzarb boʻlgan suv ta’minoti masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Qarshi shahridagi "Chap tarmoq" kanalini betonlashtirish va uning atrofini obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Loyiha 1,4 ming gektar tomorqa yerlarini suv bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, kanal boʻyidagi toʻrtta mahallada istiqomat qiluvchi 25 ming nafar aholi uchun kunu tun faoliyat yuritadigan dam olish va sayr maskanlari barpo etiladi.

Zero, hududlarni rivojlantirishdan asosiy maqsad — amalga oshirilayotgan ishlar natijasini odamlar kundalik hayotida his qilishi, aholi uchun munosib sharoit va qulay muhit yaratilishidir.

Mirziyoyeva ushbu viloyatga tashrifi davomida 43-maktab va 1-bog'cha sharoiti bilan ham tanishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110416 | Инструменты