Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona postida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan telefonlarning emas, balki avval noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan boshqa smartfonlarning IMEI-kodlarini kiritayotgani fosh etildi.
Amaldagi tartiblarga koʻra, jismoniy shaxslar oʻz ehtiyojlari uchun yoki tijorat maqsadida xorijdan olib kelayotgan mobil qurilmalarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatishlari shart. Bunda deklaratsiyada mazkur qurilmalarning IMEI-kodlarini koʻrsatish talab etiladi.
Ammo Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona postida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan telefonlarning emas, balki avval noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan boshqa smartfonlarning IMEI-kodlarini kiritayotgani fosh etildi.

Bunda qurilmalarning dasturiy ta’minotini qayta yuklash orqali ularga boshqa mobil qurilmalarga tegishli IMEI-kodlar oʻrnatilgan. Natijada, telefon sozlamalarida bir kod, USSD-so‘rov orqali tekshirilganda esa boshqa kod namoyon boʻladi.
Shu tariqa, iPhone'ning so‘nggi rusumlariga mansub, qiymati qariyb 310 million soʻmlik 20 dona smartfonni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110417 | Инструменты