Huawei 1
Senat raisi Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Markaziy Osiyo davlatlari ikkinchi parlamentlararo forumi doirasida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston parlamentlari palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdi. 

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvlarda mintaqamizda qayd etilgan natijalar, shubhasiz, davlatlar rahbarlarining o'zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlari tufayli ro'y berayotganini alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, muhokamalar davomida parlamentlararo aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish masalalari ko'rib chiqildi.

Bu borada parlamentlararo do'stlik guruhlari va hamkorlik komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.

Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikning muhim yo'nalishlari bo'yicha huquqiy asoslarni takomillashtirish, mahalliy vakillik organlari o'rtasida o'zaro tajriba almashish ishlarini yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91806 | Инструменты