Huawei 1
Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisi 23-oktabr kuni chaqiriladi

2024-yilning 21-oktabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisini joriy yilning  23-oktabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan. 

Telekommunikatsiya, ipakchilik sohalari, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xizmat faoliyatiga oid, Soliq, Bojxona, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik  to‘g‘risidagi kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, xalqaro tashkilotlarning bir qator hujjatlarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты