Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbni O‘zbekistonga taklif qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalidagi “Menimcha” dasturida xabar berildi.

12-noyabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston yetakchisi Finlyandiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda Aleksandr Stubb 2018-yili O‘zbekistonga kelganini esladi.

Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda O‘zbekiston butunlay boshqa davlatga aylanganini aytdi. 

“Sizni mamlakatimizga taklif qilaman. Sababi ko‘p narsani qayta tiklashimiz kerak. Bilasizmi, oxirgi yillarda maktab taʼlimida Finlyandiya modeli bo‘yicha ko‘p ishni amalga oshirdik. Nordik universitetini ochdik, u yerda 7500 nafar talaba o‘qimoqda. Shu bois maktab o‘quvchilari Finlyandiya haqida kattalardan ko‘proq maʼlumot bilishadi”, dedi O‘zbekiston prezidenti.

Finlyandiya prezidenti esa uning maslahatchisi O‘zbekistonga borishni ko‘p bora aytishini maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111813 | Инструменты