Huawei 1
Senat Raisi Bokuda COP29 doirasida xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda parlament rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP29) doirasida xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda parlament rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

Jumladan, Senat Raisi Parlamentlararo ittifoq Raisi Tuliya Ekson hamda Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan doimiy hamkorligi, kelgusidagi rejalar, 2025-yilning aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan 150-yubiley Assambleyaga tayyorgarlik ko‘rish, Barqaror rivojlanish maqsadlari bajarilishida parlament nazorati o‘rnatilganligi, bu borada maxsus komissiyaning samarali faoliyati kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga  yurtimizda ijtimoiy himoya tizimini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda parlamentning roli xususida fikr almashildi.

Shuningdek, Senat Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini amaldagi holati, istiqboldagi rejalar va vazifalar muhokama qilindi.

Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida ekologiya va iqlim bo‘yicha parlament hamkorligini yana-da mustahkamlash, bu borada o‘zaro tajriba almashish  masalalariga eʼtibor qaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111815 | Инструменты