O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan yangi poyezd qo‘yilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, mazkur dizel poyezdi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ shartnomasi asosida qurilgan bo‘lib, tarkibi 12 ta vagondan iborat. Bunda 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor (biznes-klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi). Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.
Qayd etilishicha, vagonlar afzalliklari ularning qulayligidan tashqari, yozda sovitish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111814 | Инструменты