Huawei 1
Polsha bosh vaziri: Yaqin haftalar Kiyev uchun hal qiluvchi bo‘ladi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi ikki yarim yildan ortiq davom etgan urushi tez orada o‘zgarishi mumkin. Bu fikrni Polsha bosh vaziri Donald Tusk bildirdi. «Yaqin haftalar nafaqat urushning o‘zi, balki bizning kelajagimiz uchun ham hal qiluvchi bo‘ladi», deb yozdi u 17 noyabr, yakshanba kuni X mikrobloglar tarmog‘ida. Polsha hukumati rahbari aynan nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.

Shu bilan birga, Tusk Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatni e’tibordan chetda qoldirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kremlni telefon qo‘ng‘iroqlari bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Yaqinda amalga oshirilgan havo hujumi janglar paytidagi eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi va «telefon diplomatiyasi Ukrainani G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlashni almashtirishga qodir emasligini tasdiqladi», deya qo‘shimcha qildi Polsha bosh vaziri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111815 | Инструменты