Huawei 1
Apple smartfon narxidagi musiqiy kitobni chop etadi

2024-yil yozida Apple Music “Musiqa tarixidagi eng yaxshi 100 ta albom” tashabbusini yo‘lga qo‘ygan edi, u hanuzgacha striming xizmatida mavjud. Endilikda Apple kompaniyasi cheklangan nashrdagi “Apple Music: 100 ta eng yaxshi albom” nomli kitobga oldindan buyurtmalarni qabul qilishini e’lon qildi.

Kitob Assouline nashriyot uyi bilan hamkorlikda yozilgan bo‘lib, atigi 1500 nusxada chop etiladi. Ularning har biri chekka qirralariga tilla suvi yugurtirilgan dizayn, Apple Music logotipi tushirilgan shaffof akril quti va o‘ziga xos qo‘lyozma raqamiga ega bo‘ladi.

Kitobning uchinchi betida Apple Music 1 radiosi boshlovchisi Zeyn Lou tomonidan aytilgan so‘z boshi bitiladi. Unda bir musiqiy albom haqida batafsil ma’lumot keltiriladi va albom muqovalarining surati tushiriladi.

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, kitob 65 yillik davrda yaratilgan kantri, pop, rok, hip-hop va elektronika kabi turli janrdagi to‘plamlarni qamrab oladi. Nashrda Billi Aylish, Metallica, Trevis Skot va Talking Heads kabi xonandalarning albomi o‘rin olgan.

“Agar kitobda berilgan ro‘yxat Apple Music platformasidan tashqaridagi muxlislarning qiziqishini uyg‘otsa va kitob ko‘plab suhbatlarga sabab bo‘lsa, demak, biz o‘z maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Chunki fikrimizcha, chinakamiga ajoyib albomlar shunchaki qo‘shiqlar to‘plami emas, balki qalblarga yetib boradigan sehrli ohang ekanligini anglab yetdik. Zero ular hayotimizning bir qismiga aylangan”, deydi Apple Music kompaniyasining global kreativ direktori Zeyn Lou.
Apple Music: 100 ta eng yaxshi albom” ni rasman yetkazib berish 2024-yil 25-noyabrda boshlanadi. Kitob 208 ta sahifa va 97 suratni o‘z ichiga oladi.

MacRumors nashrining yozishicha, mazkur kitob zamonaviy interyer bezak yoki kolleksion buyumga aylanishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111814 | Инструменты